AQShda dafn marosimi uchun 9 ming dollardan ajratiladi

Keyingi haftadan AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati dafn marosimida yordam dasturini ishga tushiradi. Unga ko‘ra fuqarolarga 9000 dollargacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
COVID-19 dan vafot etgan har bir amerikalikning dafn marosimi uchun mablag‘ ajratiladi. Dastur fuqarolarning daromadidan qat’i nazar, oilalarga taqdim etiladi. Faqat zarur hujjatlarni taqdim etish hamda boshqa shunga o‘xshash imtiyozli dasturlarda ishtirok etmaslik talab etiladi.
Ishtirok etish huquqiga ega odamlar soni noma’lum bo‘lganligi sababli hozirda dasturning yakuniy qiymati mavjud emas. Ammo, gazetaning ta’kidlashicha, bir necha milliard dollarni tashkil etishi mumkinligini taxmin qilsa bo‘ladi.
Yangi tashabbusning boshlanishi mamlakatdagi koronavirusdan katta yo‘qotishlarga bog‘liq. Bugungi kunda 557 mingdan ortiq amerikalik COVID-19 qurboniga aylangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter