AQShda kuchukka 5 million dollar meros qoldi (video)
AQSh (Neshvill, Tennesi shtati)ning 84 yoshli fuqarosi Bill Doris vafot etdi. Doris o‘limidan oldin rasmiylashtirgan vasiyatga ko‘ra, uning border-kolli zotli Lulu laqabli kuchugiga 5 million dollar meros qoldi. Bu haqda «Metro» xabar berdi.
8 yashar itga marhumning qo‘shnisi Marta Berton qarab turadi. Marta — itga qoldirilgan millionlardan foydalanishga huquqli yagona inson. Faqat... har oy Luluning xarajatlariga ishlatilgan barcha to‘lov kvitansiyalarini notariusga taqdim etib turishi shart.
Barcha soliqlar to‘langanidan so‘ng qancha pul qolishi hozircha noma’lum. Dorrisning qo‘shnilari u juda boy bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Demak, soliqdan ortgani ham bitta itni boqishga bemalol yetadi...
Marta Berton ham qarib qolgan, mabodo u ham vafot etgan taqdirda pullarning taqdiri nima bo‘ladi, itga kim qaraydi — noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter