Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin uy shikastlandi

AQShda portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 40 ga yaqin uy shikastlandi

Foto: «USA Today»

AQShning Evansvill shahri (Indiana shtati)da portlash oqibatida kamida uch kishi halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 39 ta uyga shikast yetgan.

Fojia 10-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 lar atrofida yuz bergan. Associated Press ma’lumot berishicha, halok bo‘lganlarning ikki nafari portlash yuz bergan uyda, yana biri esa qo‘shni uyda bo‘lgan. Hodisa sabablari hozircha noma’lum.

Voqea joyida qutqaruv va huquq-tartibot organlari ish olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring