Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda xunrezlik: qurolli shaxs o‘nlab odamni otib tashladi

AQShda xunrezlik: qurolli shaxs o‘nlab odamni otib tashladi

Meyn shtatida qurollangan shaxs kamida 22 kishini otib o‘ldirgan va 60 ga yaqin odamni yaralagan.

Amerikaning Meyn shtatidagi kichik Lyuiston shahrida sodir bo‘lgan otishma natijasida kamida 22 kishi halok bo‘ldi, 50-60 kishi yaralandi, deb xabar berdi Fox News.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi shaharning uchta joyida — bar, restoran va do‘konda odamlarga qarata avtomatdan o‘q uzgan.

Shahar kasalxonasi jurnalistlarga jabrlanganlarning aniq sonini hozircha aytib bera olmasligini bildirgan.

Lyuiston politsiyasi ommaviy otishmada gumonlanuvchi shaxsning 40 yoshli Robert Kard ekanligini aniqladi. U hamon ozodlikda.

U qurol bo‘yicha instruktor bo‘lgan. Ruhiy holatida muammo bo‘lgan shaxs avval ham Milliy gvardiya ob’yektiga o‘q uzish bilan tahdid qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring