AQShga Trampni o‘ldirish uchun kelgan pokistonlik qo‘lga olindi — CNN
AQShda Trampga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rishda shubha qilingan pokistonlik qo‘lga olindi, deb xabar berdi CNN.
Aprel oyida 46 yoshli Asif Merchant Pokistondan AQShga uchib kelgan va 5 ming dollar avans va’da qilib, buyurtma qotillik ijrochilarini yollashga uringan. Suiqasd avgustning oxiri — sentyabrning boshlariga rejalashtirilgan.
Pokistonlik 12-iyul kuni AQShdan chiqib ketishga uringanida ushlangan.
Nashrga ko‘ra, Merchant Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘chini olish maqsadida Amerika hukumatining boshqa amaldorlarini ham o‘ldirishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter