AQShlik ota-ona uydan chiqib ketishni istamagan 30 yoshli o‘g‘lini sudga berdi

AQShning Nyu-York shtatida yashovchi Maykl Rotondoning ota-onasi o‘g‘li o‘ttizga kirganiga qaramasdan uyni tark etmagani uchun uni sudga berishdi. Ota-ona sud ishida g‘olib chiqqan. Bu haqida «ABC7» telekanali ma’lum qilgan.
O‘g‘il sud qarorini «shafqatsiz qaror» deya atagan va apellyasiya shikoyatini berishini aytgan.
Rotondoning ota-onasi unga yashagani boshqa joy topishi uchun 1100 dollar pul ham taklif etishgan. O‘g‘il pulni olgan, lekin bu yetarli emasligini aytgan.
Ota-onasining aytishicha, 30 yoshli Rotondo hech qachon oila budjetiga foyda keltirmagan va uy ishlarini bajarishdan ham bosh tortgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter