AQShning Xitoy importi uchun boji 104 foizga yetdi!

Savdo urushi tobora keskinlashmoqda — AQShning Xitoydan keltiriladigan mahsulotlar uchun tarif stavkasi 104 foizga yetdi! Bu haqda CNBC Oq uy vakiliga asoslanib xabar berdi.
Bu shuni anglatadiki, Xitoydan Amerikaga olib kiriladigan har mahsulotdan o‘z qiymatidan yuqori boj undiriladi.
9-apreldan AQShning xorijiy import uchun yakka tartibdagi bojlari kuchga kiradi. Xususan, Xitoy importi uchun amaldagi har bir tovar uchun 10 foizlik boj ustiga qo‘shimcha 34 foizlik tarif qo‘llaniladi.
Pekin bunga 10-apreldan kuchga kiruvchi 34 foizlik «ko‘zgu» boji bilan javob bermoqchi. Bu holatda Tramp XXRga qo‘shimcha 50 foizlik qo‘shimcha boj solish bilan tahdid qildi. Shu tariqa AQShning Xitoy importi uchun jami tarif stavkasi 104 foizni tashkil etmoqda.
XXR savdo vazirligi Trampning bayonotini «tovlamachilik» deya ta’riflab, Xitoy bojlarga qarshi «oxirigacha» kurashishini ma’lum qildi. Trampning fikriga ko‘ra esa, Xitoy «bitimga erishishni juda ham istaydi, biroq uni qanday boshlashni bilmayapti».
Javob bojlarini kiritishni Yevroittifoq ham rejalashtirmoqda, ammo yevropaliklar hozircha bir to‘xtamga kelishgani yo‘q. Osiyoning aksariyat davlatlari va Isroil esa boj muammosini Oq uy bilan muzokaralar orqali hal etishga umid qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter