Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari Turkiyada muzokara o‘tkazdi

Armaniston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari — Ararat Mirzoyan va Jeyhun Bayramov Turkiyaning Antalya shahrida uchrashdi. Bu haqda Armaniston TIV X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Antalya diplomatik formumi doirasida ikki mamlakat TIV rahbarlari uchrashgan. Ikki tomon ham o‘zaro muzokaralarni o‘tkazishga shayligini bildirdi.
Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev 9-apreldagi bayonotida Armaniston bilan ishonch o‘rnatish uchun ilk qadamlar tashlanishiga tayyorligini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, Ozarbayjon va Armaniston do‘st davlatlarga aylanganini tasavvur qilish hozircha qiyin va iqtisodiy integratsiya haqida gapirishga hali erta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter