«Ayozbobo» rus ertagi AQSh tomoshabinlarini qo‘rquvga soldi

SSSRda kult klassikasiga aylangan, rejissyor Aleksandr Rou tomonidan suratga olingan «Ayozbobo» (Morozko) sovet ertagi AQSh tomoshabinlarini dahshatga soldi, deb yozadi ST News.
Bolalagimizdan ekranlardan tushmaydigan bu ertakni juda yaxshi bilamiz va uni yaxshi ko‘rib tomosha qilganmiz.
Oradan o‘nlab yillar o‘tgach Amerika katta ekranlarida ham bu film namoyish etilgach ertak tomoshabinlarga yoqmadi. Film Amerikada «Jek Frost» nomi bilan chiqdi va xorijlik tomoshabinlarning e’tiborini qozona olmadi. Amerikalik tomoshabinlar bunday qo‘rqinchli filmni bolalarga qanday ko‘rsatish mumkinligiga hayron bo‘lishdi.
Sharhlarda ko‘plab tomoshabinlar ertakni «sovuq» va dahshatli deb nomlashdi:
«Jek Frost» – men hech qachon ikkinchi marta ko‘rmaydigan film, bu juda qo‘rqinchli! Sovetlar SSSR paytida, 1960-yillarda juda ko‘p yaxshi filmlar ishlab chiqishgan va lekin ular shunday dahshatli narsani tomosha qilishgan», deyiladi sharhlardan birida.
Ular aktyor Georgiy Millyar o‘ynagan Yalmog‘iz kampirni shuningdek, kuyov bilan tanishish sahnasi va Marfushenkaning bo‘yanishini qo‘rqinchli deb hisoblashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter