Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon vafot etdi

BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon  vafot etdi

BAA prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon 73 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Al-Arabiya xabar berdi.

Ol Nahayon  BAAning ikkinchi prezidenti sanaladi. U 2004-yildan beri mamlakatni idora qilib keladi. 

U BAAning birinchi rahbari Zaid ibn Sulton Ol Nahayonning o‘g‘lidir. 1967-yildan merosxo‘r shahzoda sifatida BAAning eng boy amirligi — Abu-Dabini boshqargan. 

Dubaydagi mashhur «Burj Xalifa» ham ushbu prezident sharafiga ataladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring