Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden AQShning 2022-yil uchun mudofaa budjetini imzoladi 

Bayden AQShning 2022-yil uchun mudofaa budjetini imzoladi 

Foto: «RIA Novosti»

AQSh prezidenti Jo Bayden bugun, 27-dekabr sanasida mamlakatning 2022-moliya yili uchun (1-oktyabrda boshlangan) mudofaa budjetiga imzo chekdi, bayonot berdi Oq uy.

FOTO: OQ UY

AQShning 2022-yilgi mudofaa xarajatlari $768 mlrd.ni tashkil etadi.

AQSh Kongressining har ikki palatasi mudofaa budjeti loyihasini tasdiqlagandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur budjet doirasida $4 mlrd. Rossiyani tiyib turish bo‘yicha Yevropa tashabbuslari dasturiga ajratiladi. Ukraina $300 mln., Boltiqbo‘yi mamlakatlari $150 mln. oladi.


Mavzuga daxldor: Yaponiyada rekord darajali mudofaa budjeti qabul qilinishi kutilyapti


Bundan tashqari, AQSh mudofaa budjeti doirasida Hind va Tinch okeanlari mintaqalaridagi dasturlarga $7 mlrd.dan ziyod mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilmoqda. Afg‘onistondagi Amerika harbiy kampaniyasini o‘rganuvchi komissiyani tuzish va Pentagon vosita va resurslari «Tolibon» harakati qo‘liga o‘tishini taqiqlash qarori ham loyihaga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning 2021-yilgi mudofaa budjeti $740 mlrd. atrofida edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring