Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden evarali bo‘ldi

Bayden evarali bo‘ldi

AQShning birinchi xonimi Jill Bayden evarali bo‘lganini ma’lum qildi.

Amaldagi prezidentning to‘ng‘ich nevarasi Los-Anjelesdagi kasalxonada birinchi farzandini dunyoga keltirdi. Bolaga Uilyam Brannon Nil IV deb nom berishdi.

Prezident va birinchi xonim nabirasi Naomi va uning yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini ko‘rish uchun Cedars-Sinai tibbiyot markaziga borishdi.

Naomi — Xanter Baydenning qizi. U 2022 yil noyabr oyida turmushga chiqqan.

Bolaning tug‘ilishi Los-Anjelesdagi yong‘inlar fonida sodir bo‘ldi. Yong‘in Gollivudgacha yetib bordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring