Belarusda 11 ta siyosiy partiya butunlay tugatib yuborildi
Belarusda 15 ta siyosiy partiyadan faqat 4 tasi qayta ro‘yxatdan o‘tish jarayonidan o‘ta oldi.
Qolgan barcha partiyalar tugatildi, deb xabar beradi «RIA Novosti».
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda «Belaya Rus», Belarus Kommunistik partiyasi, Belarus Liberal-demokratik partiyasi, shuningdek, Respublika Mehnat va Adolat partiyasi rasman respublikada qoldi va ishlashda davom etadi.
Avvalroq 15-oktyabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida uchrashishi haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter