Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada urushga qarshi yagona partiya saylovdan chetlashtirildi

Rossiyada urushga qarshi yagona partiya saylovdan chetlashtirildi

Foto:«Yabloko»

Rossiya Oliy sudi urushga qarshi «Yabloko» partiyasini Davlat Dumasi saylovlaridan chetlashtirdi. 

Rossiya Bosh prokuraturasi vakili Oliy sud majlisida «Yabloko»ning nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatdan o‘chirishni qo‘llab-quvvatladi. 

«Da’voni qo‘llab-quvvatlash uchun asoslar bor», dedi prokuror. Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya intellektual mulk qonunlarini buzgan.

«Yabloko» partiyasi Rossiya Oliy sudining Davlat Dumasi saylovlariga nomzodlar ro‘yxatini ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risidagi qaroriga apellyasiya berish niyatida. Bu haqda partiyaning Telegram kanalida xabar berildi. 

«Yabloko»ni saylovlardan chetlashtirish to‘g‘risidagi qarordan keyin Rossiya Oliy sudi binosi oldida to‘planganlar «Uyaling!» deb baqirishdi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari yetib kelib, yoshlardan bir necha daqiqa ichida tarqalib ketishni talab qilishgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring