Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada barcha samolyotlar parvozi to‘xtab qoldi

Belgiyada barcha samolyotlar parvozi to‘xtab qoldi

Belgiyada barcha parvozlar to‘xtatildi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Bunga havo sohasini boshqarish markazining ma’lumotlar tizimidagi nosozliklar sabab bo‘lgan.

Texnik nosozlik tufayli ko‘plab xalqaro va mahalliy parvozlar bekor qilingan.

Mamlakatda ikki soatdan beri samolyotlarning uchish va qo‘nishiga ruxsat berilmayati.

Ayni paytda yuzaga kelgan nosozliklarni zudlik bilan bartaraf etishga o‘nlab mutaxassislar jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring