Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir ishxonada birato‘la sakkizta homilador — Nyu-London

Bir ishxonada birato‘la sakkizta homilador — Nyu-London

Foto: «Yandex»

Konnektikut shtatining Nyu-London shahar shifoxonasining tug‘uruq bo‘limida bir vaqtning o‘zida sakkiz nafar xodim homilador bo‘ldi, deya xabar beradi «WTNH» telestansiyasi.

Ta’kidlanishicha, ulardan biri yaqinda farzandli bo‘lgan, qolganlari esa homiladorlikning 33 haftasigacha bo‘lgan turli muddatlarni boshidan o‘tkazishmoqda. Bo‘lg‘usi onalardan ayrimlari farzandlarining jinsini ham aniqlashga ulgurishgan: uch o‘g‘il va uch qiz. Qolgan ikkitasining jinsi noma’lum.

Ushbu shifoxonaning tug‘uruq bo‘limida qariyb ikki mingta tug‘uruq amalga oshiriladi. Yana yetti nafar xodim o‘zlari mehnat qiladigan joyda farzand ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, 44 kishidan iborat xodimlar jamoasidan sakkiz nafari bir vaqtning o‘zi homilador bo‘lishi — rekord ko‘rsatkich emas. Shunga o‘xshash holat Men shtatidagi tibbiyot markazida ham qayd etilgandi: bir vaqtning o‘zida to‘qqiz nafar hamshira homilador bo‘lgandi. Shuningdek, joriy yilda Nyu-York va Mesa shaharlaridagi tibbiyot muassasalarida ham bir vaqtning o‘zida 15 va 16 kishi homilador bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring