Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkek yaqinida yuzlab buqalar tiriklayin yonib ketdi

Bishkek yaqinida yuzlab buqalar tiriklayin yonib ketdi

Alanga ichida qolgan molxonadan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.

Bishkek yaqinidagi Prigorodnoye qishlog‘ida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi — fermer ikki yuzdan ortiq buqasini yo‘qotdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun olti ekipaj, shtab mashinasi va suv tashuvchi jo‘natildi.

Qo‘shni fermer xo‘jaligi egasining so‘zlariga ko‘ra, hodisa natijasida chorvador millionlab zarar ko‘rgan. Yong‘in boshlanganda u buqalar bog‘langan arqonlarni kesib tashladi, lekin ular tashqariga chiqolmadi.

O‘t o‘chirish bo‘limi yong‘in sabablarini o‘rganmoqda. Vazirlik matbuot xizmatining ta’kidlashicha, xo‘jalik egasi 223 bosh buqasi va 30 ming o‘ram pichanini yo‘qotgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring