Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkekda seshanba va payshanba kunlari amaldorlarning shaxsiy mashinalarda yurishi taqiqlandi

Bishkekda seshanba va payshanba kunlari amaldorlarning shaxsiy mashinalarda yurishi taqiqlandi

Foto: Dzen

Bishkekda seshanba va payshanba kunlari amaldorlarning shaxsiy mashinalarda yurishi taqiqlandi. Amaldorlar shu kunlari jamoat transportida ishga qanday yetib kelishayotgani haqidagi foto-video lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Seshanba va payshanbada shaxsiy avtomobillardan foydalanishni Bishkek shahri hokimi Aybek Junushaliyev taqiqlagandi, negaki, shu kunlari poytaxt yo‘llari boshqa kunlarga qaraganda serqatnov bo‘ladi.

Shahar hokimligi saytida e’lon qilingan hujjatga ko‘ra, ushbu chora yo‘llarda tiqinlarni kamaytirish, ekologiyani yaxshilash, jamoat transporti holatini nazorat qilish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi. NUR܂KZ yozishicha, amaldorlar har oy qilingan ishlar to‘g‘risida hisobot berib turishlari shart.

Taqiqlovga qaramasdan, o‘z mashinalarida yurganlar ham bor. Hokimlik saytida ana shunday davlat xizmatchilarining ro‘yxati e’lon qilinib, ularni ogohlantirish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring