Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT: 10 yil ichida giyohvandlar soni qariyb 25 foizga o‘sib, hozirda 296 million kishiga yetgan

BMT: 10 yil ichida giyohvandlar soni qariyb 25 foizga o‘sib, hozirda 296 million kishiga yetgan

Dunyoda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni o‘sishda davom etmoqda. Bu Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro giyohvandlik va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni munosabati bilan chop etilgan yangi hisobotida qayd etilgan.

Dunyo bo‘ylab giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni o‘n yil ichida 23 foizga oshib, hozirda 296 million kishiga yetgan. Bundan 12,2 million kishi vena (qon tomiri) orqali giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar hisoblanadi.

Hisobotda keltirilishicha, so‘ngi yillarda giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan bog‘liq kasalliklarga chalinganlar soni 39,5 milliondan oshgan. Bu 10 yil oldingiga nisbatan 45 foizga ko‘p.

Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar sonining o‘sishiga «arzon, oson va tez ishlab chiqarilishi» tufayli ko‘plab noqonuniy bozorlarni tubdan o‘zgartirgan sintetik giyohvand moddalarning ko‘payishi ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidlaydi BMT ekspertlari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring