Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boylar kambag‘allardan nimasi bilan farq qiladi? (Pulining ko‘pligidan tashqari)

Boylar kambag‘allardan nimasi bilan farq qiladi?  (Pulining ko‘pligidan tashqari)

Foto: «Depositphotos»

O‘ziga to‘q odamlar kambag‘allardan faqat bankdagi katta hisob raqami bilangina farq qilmaydi. To‘g‘ri turmush tarzi, kun tartibi va odatlar — ko‘pincha aynan shu omillar odamlarning boyib ketishiga turtki bo‘ladi. Muallif Tomas Korli 233 ta boy va 128 ta kambag‘alning odatlarini o‘rganib, muayyan xulosalarga keldi. Bu haqda «Rambler» ma’lum qilgan.

Kun tartibi

So‘rovnomada qatnashgan boylarning 81 foizi yaqinlashib kelayotgan hafta uchun har kunlik reja tuzadi va unga amal qilishga urinadi. Kam pul ishlab topadigan odamlar orasida esa kunini rejalashtiradiganlar bor-yo‘g‘i 9 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, 44 foiz boylar odatda ishni boshlashdan 3 soat oldin uyg‘onishadi. Bu vaqtni ular o‘zi ustida ishlashga, sport va boshqa shaxsiy yumushlariga sarflashadi. Boyligi bilan maqtanolmaydigan kishilar orasida esa ishni boshlashdan 3 soat oldin uyg‘onadiganlar atigi 3 foizni tashkil etadi.

Sog‘lik

Yo‘q, gap boylar muntazam boradigan qimmatbaho klinikalar haqida ketmayapti. Hech narsaga muhtojligi yo‘q kishilarning 76 foizi haftasiga to‘rt marta sport bilan shug‘ullanib, fast-fuddan o‘zlarini tiyishadi. Bunday turmush tarzi nafaqat qad-qomatni saqlashga, balki xotira va kognitiv funksiyalarni yaxshilashga ham ko‘maklashadi. Ehtiyojmand insonlar orasida bor-yo‘g‘i 23 foizi sport bilan shug‘ullanishga vaqt topadi.

Mustaqil izlanish

Kam pul ishlab topadiganlar bo‘sh vaqtini televizor qarshisida o‘tkazishni ma’qul ko‘rsa (ularning 75 foizi bunga kuniga bir soatdan ortiq vaqt sarflashadi), 88 foiz o‘ziga to‘q kishilar har kuni kamida yarim soatdan kitob o‘qishadi. Puli yetishmaydiganlar orasida bor-yo‘g‘i 2 foizi shunday qilishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring