Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliyaning sobiq prezidentiga 40 yillik qamoq xavf solmoqda

Braziliyaning sobiq prezidentiga 40 yillik qamoq xavf solmoqda

Braziliyaning sobiq prezidenti davlat to‘ntarishiga urinish ayblovlari bo‘yicha sudga tortiladi Mamlakat Oliy sudi shunday qarorga keldi

Fevral oyida Jair Bolsonaru o‘zining vorisi, prezident Luiz Inasiu Lula da Silvaning saylov kampaniyasidan so‘ng lavozimga kirishishiga to‘sqinlik qilgani uchun jami beshta ayblov bilan ayblangan edi. 

Sobiq prezident aybini tan olmaydi va siyosiy ta’qib qurboni bo‘lganini da’vo qiladi. Agar Bolsonaru aybdor deb topilsa, 40 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Jair Bolsonaru 2022-yilgi saylovda Luiz Inasio Lula da Silvaga yutqazganidan so‘ng, uning minglab tarafdorlari prezident saroyini, shuningdek, parlament va Oliy sud binolarini egallab, talon-taroj qilishdi. 

 Ayrim binolar talon-taroj qilindi, politsiya 1500 ga yaqin tartibsizlik ishtirokchilarini qo‘lga oldi. 

Bolsonaruning o‘zi hech qachon mag‘lubiyatni tan olmadi va Lula prezident sifatida qasamyod qilishdan ikki kun oldin Braziliyadan AQShga jo‘nab ketdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas