Britaniya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi. U yangi bosh vazir saylanmaguncha hukumat rahbari lavozimida ishlashda davom etadi.
Kir Starmer shuningdek, Leyboristlar partiyasi yetakchisi lavozimidan ham ketadi. Partiyaning yangi rahbari uchun saylovlar 9-iyul kuni boshlanadi. Starmer unda ishtirok etmasligini aytdi.
Endi mamlakat hukumatini o‘tgan hafta Angliya shimoli-g‘arbiy qismidagi Makerfild saylov okrugi uchun o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylovda g‘alaba qozongan, Katta Manchester shahrining sobiq meri Endi Bernxem boshqarishi mumkin.
Starmer hokimiyatga 2024-yil kelgandi.
Leyboristlar partiyasi a’zolarining ko‘pchiligi Bernxemga Nayjel Farajning o‘ng qanot Reform UK populistik partiyasining o‘sib borayotgan mashhurligi tahdidini yengib o‘tishda yordam beradi, deb umid qilmoqda: sotsiologlarning fikricha, u mamlakatdagi eng ommabop siyosiy kuch bo‘lib qolmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter