Britaniya razvedkasi «Tolibon» bilan yashirin muzokaralar olib bordi

Britaniya MI-6 razvedka xizmati rahbarlari Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda The Telegraph o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Gazetaning yozishicha, shu yo‘l bilan Britaniya hukumati jangarilardan ular G‘arb mamlakatlariga terrorchilik hujumlarini rejalashtirmasligi to‘g‘risida kafolat olish niyatida. Muzokaralar taxminan ikki hafta davom etdi. Ta’kidlanishicha, ular nafaqat Kobulda, balki Qatar poytaxti Dohada ham bo‘lib o‘tgan.
Buyuk Britaniya Afg‘onistonda «Tolibon» G‘arb davlatlariga qarshi teraktlar uyushtirishni rejalashtirayotgan terrorchilarga boshpana berishidan cho‘chimoqda. MI-6 bu ma’lumotni izohlamadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter