Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyalik styuardessa bolaning ustiga qaynoq choy to‘kib yubordi

Britaniyalik styuardessa bolaning ustiga qaynoq choy to‘kib yubordi

Foto: «AIF»

Britaniyaning «Jet2» aviakompaniyasiga qarashli samolyot bortida sodir bo‘lgan noxush hodisa oqibatida yetti yoshli qizchaning qorni, oyoqlari va tovonlari kuyib qoldi, deb xabar berdi «The Sun».

Nashrning ma’lum qilishicha, styuardessa jabrlanuvchining onasiga choy uzatayotganda zich yopilmagan stakan to‘nkarilib ketadi va qaynoq suv qizchaning ustiga to‘kiladi.

Buyam yetmaganday, avialayner salonida tibbiyot xodimlari topilmagani uchun ekipaj tegishli yordam ko‘rsatolmaydi. Qizning ota-onasi sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Ta’kidlanishicha, samolyot Britaniyaning Birmingem shahridan Turkiyaga parvoz qilayotgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring