Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bryus Uillisga yana bir kasallik tashxisi qo‘yildi

Bryus Uillisga yana bir kasallik tashxisi qo‘yildi

Gollivud aktyori 67 yoshli Bryus Uillisga frontotemporal demans kasallik tashxisi qo‘yildi. Bu haqda ushbu kasallikdan aziyat chekayotganlarga yordam ko‘rsatuvchi uyushma saytida ma’lumot berildi.

«Bryusning ahvoli og‘irlashdi. Hozir bizda aniq tashxis natijalari bor. Unga frontotemporal demans tashxisi qo‘yildi», – deyiladi manbada.

Aktyorning oilasi, o‘tgan yili Uillisga tashxis qo‘yilgan afaziya (nutq buzilishi) kasallikning alomatlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga, aktyorning qarindoshlari nihoyat aniq tashxis qo‘yilgani uchun xursand ekanliklarini bildirishgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning mart oyi oxirida Bryus Uillis nutqidagi muammolar tufayli aktyorlik faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qilgan edi.

Frontotemporal demans kasalligining birinchi alomatlari odatda 60 yoshdan oldin paydo bo‘ladi. Bu kasallik nutqda muammolar, xatti-harakatlarning o‘zgarishi va harakatsizlikni keltirib chiqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring