Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Turkiyada kim prezident bo‘lishi aniqlanadi

Bugun Turkiyada kim prezident bo‘lishi aniqlanadi

Bugun, 28-may kuni Turkiyada mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi boshlandi. Butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:00da ochilib, 17:00da yopiladi.

Davlatda 191 mingdan ortiq ovoz berish qutilari o‘rnatilgan. Turkiyadagi prezidentlik saylovlarida ikki nomzod – amaldagi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va birlashgan muxolifat yetakchisi Kemal Qilichdarog‘lu ishtirok etmoqda.

Ayni paytda prezidentlikka nomzodlar Sinan Ogan va Muharrem Inje ham jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagani uchun saylovdan voz kechgan. Prezident saylovida saylovchilar shaxsini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlardan biri bilan ovoz berishlari mumkin.

Saylovchilarga prezidentlikka ikki nomzodning familiyasi yozilgan bittadan byulleten beriladi. Sog‘lig‘i sababli saylov uchastkalariga kela olmagan fuqarolar uchun «ko‘chma qutilar» ishlaydi. Shuningdek, ko‘zi ojizlarning maxsus toifasi ham maxsus tayyorlangan shablon bo‘yicha ovoz berishi mumkin.

Bundan tashqari, Turkiya Oliy saylov komissiyasi fevral oyidagi zilziladan jabr ko‘rgan mamlakatning 11 viloyatida ovoz berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rdi. Bu hududlarda saylov qutilari maxsus ajratilgan konteynerlar va maktablarga o‘rnatilgan. Xorijdagi saylov uchastkalarida 3,5 milliondan ortiq kishi ovoz berishda ishtirok etdi. Ular uchun 73 ta davlatda va 156 ta xorijiy vakolatxonalarda saylov komissiyalari tuzilgan.

Xorijda yashayotgan Turkiya fuqarolari uchun ovoz berish jarayoni 24-mayda yakunlandi.

Saylov uchastkalari soat 17:00da yopilganidan keyin ovozlarni sanash boshlanadi. Natijalar soat 21:00 dan keyin e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring