Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto)
![Yelizaveta II: Bugun Buyuk Britaniya qirolichasi 95 yoshini nishonladi (foto)](http://static.xabar.uz/crop/2/8/720_460_95_2862002716.jpg)
Yelizaveta II bayram tortini shamshir bilan kesmoqda.
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 95 yoshga to‘lgani 12-iyun kuni rasman bayram qilindi. Monarxning tavallud kuni an’anaviy tarzda iyun oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi. Barcha bayram tadbirlari ijtimoiy masofa saqlangan holda o‘tkazilgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/38/720__FL-I290vXsclN22rr6OsNOe3CgpV2ejN.jpg)
![](https://xabar.uz/static/uploads/38/720__yI9gPKs4L5YkRo43YjDnG2a8885iPt3L.jpg)
Rasmiy marosim koronavirus sababli qirolicha o‘tgan yilning noyabr oyidan beri yashab kelayotgan Vindzor qasridagi paraddan boshlandi. Marosimda qirolichaga uning amakivachchasi — Kent gersogi, shahzoda Edvard hamrohlik qilgan.
![](https://xabar.uz/static/uploads/38/720__IJcTCiAWscDSTL0R_Qn7Wfrtf2xO8R1l.jpg)
2022-yilning 2-iyunida qirolicha Yelizaveta II tug‘ilgan kuniga qo‘shib, taxtga o‘tirganining 70 yillik yubileyini ham nishonlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter