Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya Rossiyaning suyultirilgan gazidan butunlay voz kechadi

Buyuk Britaniya Rossiyaning suyultirilgan gazidan butunlay voz kechadi

2023-yil 1-yanvaridan Buyuk Britaniya Rossiyadan suyultirilgan gaz importini to‘xtatadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

2021-yil holatiga ko‘ra, Buyuk Britaniya bozoriga kiradigan gazning deyarli yarmi Britaniya Shimoliy dengizi shelfidan kelgan. Hozirda Norvegiya Qirollikka eng yirik gaz eksportchisi hisoblanadi. Importning yana 17 foizi Qatar, AQSh va Rossiya hisobiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yili Buyuk Britaniya 3,12 milliard kubometr gazni import qilgan edi. Rossiya gazi umumiy gaz iste’molining 4 foizini tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya yil oxirigacha Rossiya neftini import qilishni butunlay to‘xtatishga va’da bergan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring