Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya Ukrainaga qariyb 6 mlrd dollar ajratadi

Buyuk Britaniya Ukrainaga qariyb 6 mlrd dollar ajratadi

Buyuk Britaniya 2025-yilda Ukrainaga 4,5 milliard funt (dolllardagi ekvivalenti qariyb 5,8 mlrd dollar) harbiy yordam yubormoqchi, dedi Britaniya Mudofaa vaziri Jon Xili.

"Britaniyaga kelsak, biz Ukrainani har yili yuqori darajada qo‘llab-quvvatlaymiz. 2025-yilda jami 4,5 mlrd funt yordam yo‘naltiramiz. Bugunning o‘zida 350 mln funtlik yordam haqida e’lon qilmoqchiman", dedi Xili. 

Ushbu yordam paketi tarkibiga radar tizimlari, yuz minglab dronlar kiradi.

Bundan tashqari, Britaniya Kiyev tomonidan harbiy texnikalarni ta’mirlash va mudofaa qobiliyatini saqlab qolish uchun 150 million funtni yo‘naltiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring