Buyuk Britaniyada 2009 yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotish taqiqlanyapti
17-aprel, seshanba kuni Buyuk Britaniyada chekishga qarshi kurashda muhim qadam tashlandi. Parlament 2009-yildan keyin tug‘ilgan fuqarolarga sigaret sotishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatladi.
«Azertag» nashrining yozishicha, bu chora Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak tomonidan ilgari surilgan. Sigareta va elektron sigareta to‘g‘risidagi qonun loyihasini 383 kishi yoqlab, 67 kishi esa qarshi bo‘lib ovoz bergan.
Mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vaziri Viktoriya Atkins o‘zining parlamentdagi chiqishida hujjat loyihasini qattiq himoya qilib, «tobelikda erkinlik yo‘q»ligini ta’kidladi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, bu yil 15 yoshga to‘lgan va undan kichik bolalar hech qachon qonuniy ravishda tamaki xarid qila olmaydi. Hujjatda, shuningdek, elektron sigareta mahsulotlarini bolalar uchun kamroq jozibador qilish hamda voyaga etmaganlarga tamaki yoki elektron sigareta mahsulotlarini sotganlarga nisbatan jamrimalar qo‘llashni tartibga soladi.
Buyuk Britaniya hukumati shu yo‘l bilan ilk chekmaydigan avlodni yaratishni maqsad qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter