Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chernogoriya prezidenti iste’foga chiqarilishi mumkin

Chernogoriya prezidenti iste’foga chiqarilishi mumkin

Milo Jukanovich.

Foto: RBK

Chernogoriya prezidenti Milo Jukanovich iste’foga chiqarilishi mumkin. RTCG telekanali xabar berishicha, impichment jarayoni o‘tkazilishi uchun parlamentdagi 80 nafar deputatning 41 nafari ovoz bergan.

Jukanovich bo‘lajak bosh vazir nomzodi bo‘yicha maslahatlashuvlarga parlamentdagi barcha partiyalarni taklif qilmasdan, mamlakat konstitutsiyasining 95-moddasi 5-bandini buzgan.

Deputatlar tasdiqlagan hujjat asosida «prezidentning konstitutsiyani buzganlik holati» o‘rganiladi va uning iste’fosi masalasi ko‘riladi.

Ma’lumot uchun: Milo Jukanovich (1962-yil tug‘ilgan) — kichik tanaffuslarni hisoblamaganda, deyarli 1991-yildan beri Chernogoriyani boshqarib keladi. 29 yoshidayoq hukumat rahbari bo‘lgan: Yugoslaviya ittifoqchi republikasi tarkibidagi Chernogoriya bosh vaziri (1991–1998) va prezidenti (1998–2002); 2003–2006, 2008–2010, 2012–2016-yillarda — mustaqil Chernogoriya bosh vaziri. 2018-yil 20-maydan beri — Chernogoriya prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring