Tsukerberg Donald Trampni maqtadi
Facebook asoschisi Mark Sukerberg AQSh prezidentligiga nomzodlarning birortasini – Jo Bayden yoki Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Shuningdek, u Trampni suiqasd holatidagi harakatlarini maqtadi.
Sukerberg biror nomzodni qo‘llamaganini ijtimoiy tarmoqlar asta-sekin saylov kampaniyalarida kamroq rol o‘ynay boshlagani bilan izohladi. Uning fikricha, foydalanuvchilar siyosat bilan bog‘liq bo‘lmagan masalalarga tobora ko‘proq qiziqishmoqda.
Shu bilan birga, Sukerberg AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning suiqasd paytidagi otishmaga munosabatini ijobiy baholadi:
«Donald Trampning o‘q uzilganidan keyin o‘rnidan turib, Amerika bayrog‘i bilan mushtini havoda silkitganini ko‘rish - hayotimda ko‘rgan eng ajoyib voqealardan biri».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter