Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dangasalar uchun ajoyib ish — oyiga 2750 dollar

Dangasalar uchun ajoyib ish — oyiga 2750 dollar

Foto: «House-tricks.com»

Britaniyaning ko‘rpa-to‘shak ishlab chiqaruvchi «Crafted Bed» kompaniyasi matras tekshiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Nomzodlardan kun bo‘yi to‘shakda yotish va Netflix seriallarini tomosha qilish talab etiladi. Bu haqda Britaniyaning Mirror nashri xabar bermoqda.

Karavotda yotganliklari uchun ularga yiliga 24 ming funt taklif qilishmoqda — bu taxminan yiliga 33 ming dollar, oyiga 2750 dollar degani. Asosiy sharti —sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulotlar — kompaniya sotayotgan matraslarga batafsil va tushunarli izohlar yozish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Matras har hafta sinovchining uyiga yetkazib beriladi. Bundan chiqdi ofisga borishga ham hojat yo‘q.

«Biz bu vazifalarni taklif etayotganimizdan juda xursandmiz, chunki mijozlar ehtiyojini qondirish biz uchun nihoyatda muhim», — deydi Crafted Beds kompaniyasi marketing menejeri Brayan Dillon.

Matraslarning sifatini baholash uchun uning ustida haftasiga 37 yarim soat vaqtni o‘tkazishga majbur. Xodim testni o‘tkazishga butun e’tiborini jalb qilishi uchun unda yolg‘iz yotishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring