Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dard ustiga chipqon: AQSh «Tolibon»ga Afg‘onistonning 7 milliard xorijiy aktivlarini bermaydi

Dard ustiga chipqon: AQSh «Tolibon»ga Afg‘onistonning 7 milliard xorijiy aktivlarini bermaydi

Qobulda «Al-Qoida» yetakchisi o‘ldirilganidan keyin Bayden ma’muriyati Afg‘oniston Markaziy bankining AQShda saqlanayotgan qariyb 7 milliard dollarlik xorijiy aktivlarini ochmaslikka qaror qildi. Bu haqda Vedomosti gazetasi xabar berdi.

Bu qaror Oq uy tomonidan 31-iyul kuni «Al-Qoida» yetakchisi Ayman az-Zavohiriy Kobulda uchuvchisiz uchoq yordamida yo‘q qilinganidan keyin qabul qilingan.

Operatsiyadan ko‘p o‘tmay, AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken terrorchilar yetakchisi az-Zavohiriyga boshpana tutgan «Tolibon» Vashington bilan amerikalik qo‘shinlarning Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi bilan yakunlangan kelishuvlarini buzganini aytgan. Bungacha fevral oyida Oq uy muzlatilgan aktivlarning yarmidan afg‘on aholisiga yordam berish uchun foydalanishga ruxsat bergan edi.

Oq uyning «Tolibon» bilan muzokaralardagi muvaffaqiyatning dastlabki belgilarini yo‘qqa chiqarishi, Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash imkoniyatini xavf ostiga qo‘yishi va aholining ochlikdan nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning avgust oyida «Tolibon» hokimiyatni egallab olgach, AQSh Afg‘onistonning xorijdagi 7 milliard dollar miqdoridagi aktivlarini muzlatib qo‘ygan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring