Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Di Kaprioning «o‘zgacha xususiyatli» kvartirasi 8,5 million dollarga sotiladi

Di Kaprioning «o‘zgacha xususiyatli» kvartirasi 8,5 million dollarga sotiladi

Amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioning Nyu-Yorkdagi kvartirasi 8,5 million dollarga sotilmoqda. Bu haqda e’lon BHS ko‘chmas mulk xizmatlari kompaniyasining veb-saytida joylashtirilgan.

Kvartira Grinvich mavzesidagi 1897-yilda qurilgan binoda joylashgan. Maydoni 340 kvadrat metrdan sal ko‘proq. Kvartira beshta xonadan, shu jumladan uchta yotoq xonasidan va 2 ta vannaxonadan iborat.

Bundan tashqari, xaridorlar S vitamini bilan ionlashtirilgan dush, termorefleksoterapiya pollari, sirkadiy yoritgichlari va «Nyu-Yorkdagi eng sog‘lom turmush binosi»ning boshqa afzalliklaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Kvartira yangi egasiga 8,5 million dollarga tushadi, uy ta’minoti 6118 dollarga, oylik mol-mulk solig‘i esa 4581 dollarga teng bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring