Donald Trampga qamoq jazosi xavf solmoqda

AQSh Federal xavfsizlik xizmati sobiq prezident Donald Tramp tomonidan ayg‘oqchilik va tergovga to‘sqinlik qilish ehtimoli bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda, bu yesa siyosatchini qamoqqa olish yoki jarimaga tortilishi mumkin.
Bu haqda FQB orderiga tayanib, Politico xabar berdi.
Orderga ko‘ra, Trampda hukumat sirining eng yuqori darajalaridan biri bo‘lgan «TS/SCI» belgisi va «Fransiya prezidenti haqidagi ma’lumotlar» belgisi bo‘lgan hujjatlar topilgan.
Siyosatchi hujjatlarni yo‘q qilishga urinish, tergovga to‘sqinlik qilish va josuslik haqidagi qonunni buzishda gumon qilinmoqda.
Hujjatlar AQSh Adliya vazirligi talab qilganidek, juma kuni kechqurun ommaga e’lon qilinishi kutilyapti.
Trampning matbuot kotibi Teylor Budovichning aytishicha, FQBning harakatlari «nafaqat misli ko‘rilmagan darajada ahmoqona, balki keraksiz». Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh rasmiylari o‘z raqiblaridan qutilish maqsadida shunday yo‘ldan borishmoqda.
Avvalroq Tramp amaldagi rahbariyat Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishini bashorat qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas