Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda yana bir urush xavfi: Tailand va Kambodja nimani talashyapti?

Dunyoda yana bir urush xavfi: Tailand va Kambodja nimani talashyapti?

Tailand bahsli hududdagi otishmada kambodjalik askar halok bo‘lganidan so‘ng yettita provinsiyasi chegarasidan kirishni to‘xtatdi. Kambodja javoban o‘z hududida Tailand filmlari namoyishini taqiqladi, mahsulotlar importini cheklab, viza qoidalarini qattiqlashtirdi.

Bahs ildizi — qadimiy Preax Vixear ibodatxonasi, BMT sudi qarori bilan u Kambodjaga tegishli, ammo Tailand, garchi hududni tark etgan bo‘lsa-da, bunga rozi emas.

UNESCO 2008-yilda ibodatxonani Butunjahon merosi ro‘yxatiga Kambodja ob’yekti sifatida kiritgach, nizo yangi kuch bilan qalqidi. Tailandda ommaviy noroziliklar boshlanib, yakunda ibodatxona joylashgan hududda qurolli to‘qnashuvlar boshlanib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring