Dunyoning eng boy ayollari qanday ko‘rinishga ega?
Ehtimol, bu ayollar gollivud yulduzlari kabi taniqli emasdir. Lekin ularning mashhurlik borasidagi kamchiligini bank hisob raqamidagi nollar soni ortig‘i bilan to‘ldiradi, deb yozadi «Rambler». Qizig‘i shundaki, ularning ko‘pchiligi shuncha boy bo‘lishiga qaramay, qimmat turuvchi muolaja va plastik operatsiyalarga millionlab mablag‘ sarflashmaydi. Balki, ularning bunga vaqti yo‘qdir. Yoki ular o‘zlarini qanday bo‘lsa, shundayligicha yoqtirishar?
Syuzanna Klatten
57 yoshli Klatten yirik farmatsevtika kompaniyasining 51 foiz aksiyasi va «BMW» avtokonsernining 50 foiz aksiyasini qo‘lga kiritgach Germaniyaning eng boy ayoliga aylandi. Klatten mol-mulkini yildan-yilga ko‘paytirish bilan ovora: aslo to‘xtash niyati yo‘q.
Jina Raynxart
Avstraliyaning eng boy xonimi otasidan yer osti boyliklarini qazib oluvchi kompaniyani meros qilib olgach mashhur bo‘lib ketdi. Faqat Raynxart g‘alaba nashidasini surib yotmaslikka qaror qildi. Chunki u kompaniyani zudlik bilan inqiroz yoqasidan olib chiqishi zarur edi. U buni uddaladi, mol-mulkini ikki baravar ko‘paytirib oldi.
Jaklin Mars
Franklin Marsning nevarasi, jahonga mashhur «Mars Incorporated» qandolat kompaniyasi asoschisi hozirgi kunda AQShning eng boy ayoli hisoblanadi. «Shokoladli batonchalar qirolichasi»ning mol-mulki qariyb 20 milliard dollarga baholanmoqda. Holdan toydiruvchi biznesga qaramay, Jaklin xayr-sahovat bilan faol shug‘ullanyapti. Shuningdek, iloji boricha ko‘proq vaqtini oilasi ila o‘tkazishga qaror qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter