Dunyodagi eng yirik mis konida ish tashlash boshlandi
Chili shimolida joylashgan Escondida mis koni ishchilari, BHP Billiton kompaniyasi bilan mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha muzokaralardan foyda chiqmagach, ish tashlash e’lon qilishdi. Bu haqda Emol internet-portali xabar berdi.
2 800 ishchini birlashtirgan kasaba uyushmasi Escondidani nazorat qiluvchi kompaniyaning mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha so‘nggi taklifini rad etdi. Ish tashlovchilar dunyo bozorida mis narxi o‘sib borayotgan sharoitda o‘z maoshlari oshirilishini talab qilishmoqda.
Ish tashlash qanchagacha davom etishi noma’lum. Kasaba uyushma yetakchilari «ish tashlash cho‘zilishi» ehtimolidan ogohlantirdi.
Escondida korxonasi jahondagi misning taxminan 5 foizini qazib chiqaradi. 2017-yilda ushbu kon ishchilarining ish tashlashi 44 kun davom etib, dunyo bozorida ushbu rangli metall qimmatlashib ketishiga sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter