Dunyoning eng yosh 11 milliarderi: ular qanday boy bo‘lgan?
20 yoshda milliarder bo‘lish mumkinmi? 2026-yilgi Forbes ro‘yxati bu savolga hayratlanarli javob beradi. Dunyodagi eng yosh milliarderlarning ba’zilari ulkan boylikni meros qilib olgan bo‘lsa, boshqalari hali 20 yoshga to‘lmasidan texnologiya biznesini boshlab yuborgan.
Ameli Voygt Trejes, 20 yosh
Ameli – 2026-yildagi dunyoning eng yosh milliarderlaridan biri. U Braziliyaning yirik sanoat kompaniyasi WEG asoschilaridan biri bo‘lgan marhum bobosi Verner Rikardo Voygtdan qolgan boylik ulushiga ega.
20 yoshli bu milliarder kompaniyaning taxminan 2 foiz aksiyasiga egalik qiladi. Forbes uning boyligini 1,1 milliard dollar deb baholagan.
Yoxannes fon Baumbax, 20 yosh
Yoxannes Germaniyadagi mashhur farmatsevtika giganti Boringer Ingelhaym oilaviy boyligining eng yosh merosxo‘ri. Kompaniya 1885-yilda tashkil etilgan va bugun ham oila nazoratida.
Yohaneyesning boyligi – 6,6 milliard dollar atrofida.
Klemente Del Vekko, 21 yosh
Klemente – dunyodagi mashhur ko‘zoynak kompaniyasi “EssilorLuxottica” asoschisi Leonardo Del Vekkoning farzandi. 2022-yilda otasi vafot etgach, u oilaviy xoldingda 12,5 foiz ulush olgan.
Klementening boyligi Forbes bahosida 6,8 milliard dollar.
Liviya Voygt de Assis, 21 yosh
Liviya ham WEG asoschisi Verner Voygtning avlodidan. U kompaniyaning taxminan 3,1 foiz ulushiga ega.
Forbes bu yigitning boyligini 1,4 milliard dollar deb baholagan.
Surya Midha, 22 yosh
Yuqoridagilardan farqli o‘laroq, Surya Midha boylikni meros qilib olmagan. U ikki hammuassisi bilan 2023- yilda “Mercor” nomli sun’iy intellekt kompaniyasini tashkil qilgan. Kompaniya AI laboratoriyalariga modellarni o‘qitish uchun mutaxassislar topishga yordam beradi.
Forbes Surya Midhani 2026-yilda o‘z kuchi bilan milliarder bo‘lgan dunyoning eng yosh odami sifatida ko‘rsatgan. Boyligi – 2,2 milliard dollar.
Brendan Fudi, 22 yosh
Surya Midha va Adarsh Xiremat bilan birga “Mercor” kompaniyasini tashkil qilgan. Brendan Fudi kompaniyaning bosh direktori. U 2023-yilda Georgetown universitetini tashlab, o‘z startapiga to‘liq kirishgan.
Forbes bahosiga ko‘ra, Brendan Fulining boyligi 2,2 milliard dollar.
Adarsh Xiremat – 22 yosh
U ham “Mercor”ning uch asoschisidan biri. Qizig‘i, uchala asoschi ham hali juda yosh paytida katta kompaniya qurishga kirishgan. “Mercor” sun’iy intellekt sohasida ishlovchi kompaniyalarga malakali insonlarni topish va AI modellarini o‘qitish jarayonida yordam beradi.
Xirematning Forbes bahosi bo‘yicha boyligi – 2,2 milliard dollar.
Kim Jon-yon, 22 yosh
Janubiy koreyalik Kim Jon-yonning boyligi otasi Kim Jong-Ju asos solgan “Nexon” kompaniyasi bilan bog‘liq. Nexon – onlayn kompyuter o‘yinlari sohasidagi yirik kompaniyalardan biri.
2022-yilda otasi vafot etgach, Kim va opasi kompaniyada taxminan 9 foizdan ulush olgan.
Kim Jon-yonning boyligi – 1,7 milliard dollar atrofida.
Felipe Voygt Trejes – 23 yosh
Felipe Voygt Trejes WEG kompaniyasidagi oilaviy ulushi tufayli milliarderga aylangan. Uning egizak akasi Pedro ham milliard dollarlik boylikka ega.
Felipening boyligi Forbes bahosida 1,1 milliard dollar.
Pedro Voygt Trejes, 23 yosh
Pedro – Felipening egizak akasi. U ham bobosi asos solgan WEG kompaniyasidagi katta oilaviy ulushga ega.
Forbes Pedroning boyligini 1,1 milliard dollar deb baholagan.
Kevin Devid Lemann – 23 yosh
Kevin Germaniyaning mashhur dm-drogerie markt dorixona va maishiy mollar tarmog‘idagi 50 foizlik ulushni meros qilib olgan. Eng qizig‘i, otasi bu ulushni unga 2017-yilda, Kevin hali 14 yoshda bo‘lganida o‘tkazgan.
Forbes 2026 yilda uning boyligini 4,9 milliard dollar deb baholadi.
Akbar Fathullayev


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter