Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoning eng iflos havoga ega shahri aniqlandi

Dunyoning eng iflos havoga ega shahri aniqlandi

Taxminan 9 million aholi yashaydigan Vetnam poytaxti Xanoy havosi eng yomon ifloslangan shaharlar antireytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda Phys.org portali Agence France-Presse axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

IQAir xalqaro havo sifatini baholash xizmatining monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, 5-mart kuni Vetnam poytaxti havosida PM2.5 chang konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xavfsiz tavsiyalari darajasidan 24 baravar yuqori bo‘lgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, PM2.5 zarralari saraton, insult va boshqa kasalliklar bilan bog‘liq.

So‘nggi yillarda Xanoy ko‘pincha keng ko‘lamli qurilish va avtomobil chiqindilari tufayli dunyoning eng ifloslangan shahri sifatida qayd etilgan.

Ko‘mir bilan ishlaydigan elektr stansiyalarining chiqindilari va qishloq xo‘jaligi chiqindilarini yoqish muammoni kuchaytirmoqda. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring