Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ebola virusi Yevrohududda ham qayd etildi

Ebola virusi Yevrohududda ham qayd etildi

Fransiyada joriy Ebola epidemiyasi boshlanganidan beri Afrika qit’asidan tashqarida ilk bor ushbu virus bilan kasallangan bemor aniqlandi.

Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Ebola virusi Demokratik Kongodagi gumanitar missiyadan qaytgan shifokorda tasdiqlangan. Bemor qat’iy xavfsizlik choralari asosida shifoxonaga yotqizilgan va maxsus izolyatorga joylashtirilgan. Davolanayotgan klinika nomi xavfsizlik nuqtai nazaridan oshkor etilmayapti.

Hozirda sanitariya xizmatlari bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni aniqlash ishlarini olib bormoqda. Ular 21 kunlik uy karantiniga olinadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ayni paytda «Bundibugio» shtammi tarqalmoqda. Ushbu turga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas.

Fransiya Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokorning ahvoli barqaror ekanini ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratik Kongoda joriy epidemiya davomida qariyb 1100 nafarda Ebola virusi tasdiqlangan, 280 ga yaqin kishi vafot etgan. Kasallik qo‘shni Ugandaga ham tarqalgan bo‘lib, u yerda 20 ta kasallanish va ikki o‘lim holati qayd etilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring