Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Emomali Rahmonning o‘g‘li Majlisi Oliy raisi bo‘ldi: u mamlakatning ikkinchi odamiga aylandi

Emomali Rahmonning o‘g‘li Majlisi Oliy raisi bo‘ldi: u mamlakatning ikkinchi odamiga aylandi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Emomali mamlakat Majlisi Oliysi raisi etib saylandi. Bu bilan u davlatdagi ikkinchi shaxsga aylandi. 

«Asia Plus» xabariga ko‘ra, 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Majlisi Oliyning oltinchi chaqiriq majlisida Rustam Emomali lavozimga rasman tasdiqlandi.

Dushanbe meri va Tojikiston prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Emomali shu yilning 27 mart kuni bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari shahar va shahar kengashining birinchi qo‘shma majlisida u bir ovozdan Tojikiston parlamenti yuqori palatasiga deputat etib saylandi.

Shuni ta’kidlashimiz kerakki, joriy yilning birinchi mart kuni Tojikistonda parlamentga saylovlar bo‘lib o‘tgan edi. «Eurasianet» nashri va bir qancha nashrlar rasmiy Dushanbening saylovlarga e’tiborsizlikda ayblashgan edi.

«Hech qanday saylov kampaniyasi o‘tkazilmagan. Dushanbeda, ovoz berish oldidan so‘nggi kunlarda, daraxtlar va devorlarga yopishtirilgan bir nechta varaqalar paydo bo‘ldi», deyiladi «Eurasianet» nashrining xabarlarida. Parlament saylovlaridan bir yarim oy o‘tgach amaldagi tojik hukumatining ikkinchi raqamli mansabiga prezident Emomali Rahmonning farzandi saylanmoqda. Bu esa muxolifatdagi siyosiy kuchlarning noroziligini keltirib chiqarmoqda. Rustam Emomalining hukumatda ikkinchi shaxs bo‘lishi qonuniy jihatdan to‘la asosli.

Shunday bo‘lsa ham bir savol o‘rtada qolmoqda: Hammasi tasodifmi?

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring