Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng hurliqo jinoyatchi taslim bo‘ldi

Eng hurliqo jinoyatchi taslim bo‘ldi

Foto:«Mianyang police»

Firibgarlikda gumonlanib, qidiruvga berilgan  xitoylik Sinchen Szinszin politsiyaga taslim bo‘ldi, deya xabar bermoqda «RIA Novosti». 

Ta’kidlash kerak, ayol sodir etgani aytilayotgan jinoyat ko‘lami tufayli emas, balki tashqi ko‘rinishi sabab  mashhur bo‘lib ketgandi.  Qidiruvdagilar ro‘yxatida uning suratini ko‘rgan  tarmoq foydalanuvchilari ayolga «Eng hurliqo jinoyatchi» deya ta’rif berishgandi. «Chiroyli  ekaning yaxshi, illo bundan jinoyat  vositasi sifatida foydalanish kerak emas», deydi mahalliy politsiya vakili.

Foto:«Mianyang police»

Sinchen Szinszin o‘zi a’zo bo‘lgan jinoiy guruh tarkibida firibgarlik bilan shug‘ullanganlikda gumon qilinmoqda. Mazkur guruh Sichuan provinsiyasining Myanyan  shahridagi bar va kafelarda mijozlarni chuv tushurib kelishgan. Jabrlanuvchilarni laqqa tushirishda   ayolning chiroyi juda qo‘l kelgani aytiladi.

Hurliqodan tashqari jinoiy guruhning to‘rt nafar a’zosi ham politsiyaga taslim bo‘lishdi. Guruhning yana ikki a’zosi esa  hamon qirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring