Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy ayrim fuqarolarining mamlakatdan chiqishini taqiqladi. Kimlar cheklovga tushdi?

Xitoy ayrim fuqarolarining mamlakatdan chiqishini taqiqladi. Kimlar cheklovga tushdi?

Foto: Global Look Press/Michael Kappeler

Xitoyda 15-sentyabrdan chiqish va kirishning yangi qoidalari kuchga kirdi. Unga ko‘ra, eksport nazoratini buzgan yoki rasmiylar tomonidan sanoat va texnologik xavfsizlikka tahdid deb baholangan harakatlarni sodir etgan fuqarolarning chet elga chiqishi taqiqlanishi ko‘zda tutilgan. Hujjat XXR Davlat kengashi tomonidan e’lon qilindi.

Financial Times yozishicha, ushbu cheklovlar nafaqat amaldorlar va davlat korxonalari xodimlariga, balki xususiy sektorning nozik (strategik) texnologiyalar bilan bog‘liq ishchilariga ham taalluqlidir. Shuningdek, rasmiylar xorijliklarning mamlakatga kirishini rad etish uchun qo‘shimcha asoslarga ega bo‘ldi hamda migratsiya xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi vositachi kompaniyalarga nisbatan talablar kuchaytirildi.

Yangi qoidalar Pekinning AQSh va boshqa G‘arb davlatlari bilan kuchayib borayotgan raqobat fonida texnologiyalar hamda ma’lumotlarni himoya qilishga qaratilgan keng qamrovli siyosatining bir qismiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring