Yer yuzidagi eng keksa erkak vafot etdi

Sayyoramizda istiqomat qiluvchi eng keksa erkak, yaponiyalik Masadzo Nonaka 113 yoshida vafot etdi. Bu haqda «tv-asahi.co.jp» saytida xabar berilgan.
Nonaka 1905 yilning 25 iyul kuni dunyoga kelgan. U besh nafar farzand ko‘rgan. U oxirgi yillarda Xokkaydo orolida nabiralari bilan birga yashab kelayotgan edi.
Endilikda Yerning eng yoshi ulug‘ erkak kishisi sifatida germaniyalik Gustav Gernet tan olingan. U 1905 yil yil 15 oktyabrda tug‘ilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter