Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Armanistonga qaysi davlatlar qurol yetkazib berayotganini shartta aytdi-qo‘ydi

Erdo‘g‘on Armanistonga qaysi davlatlar qurol yetkazib berayotganini shartta aytdi-qo‘ydi

Foto: «Life.ru»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya, AQSh va Fransiya Armanistonga qurol yetkazib berayotganini e’lon qildi.

«Armaniston sulhni yana buzdi. Rossiya, AQSh va Fransiyadan iborat YeXHT Minsk guruhi Armanistonni qurol-yarog‘ bilan har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Ular Armanistonga tarafkashlik qilmoqda», — dedi Erdo‘g‘on Shirnak viloyatida so‘zga chiqqanda. Translyasiya turk yetakchisining «Twitter»ida olib borildi.

Yaqinda Turkiya prezidenti Fransiya rahbari Emmanuel Makronning islom dini butun dunyoda inqirozni boshdan kechirayotganini da’vo qilib, «islom separatizmi» haqida munozarali fikrlariga keskin tanqidiy munosabat bildirgandi

Tog‘li Qorabog‘dagi nizo 1988-yilning fevral oyida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqishini e’lon qilganidan so‘ng yuzaga kelgandi. Nizo qonli qurolli to‘qnashuvga sabab bo‘lgan. Nizoni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha muzokaralar Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhi doirasida 1992-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ozarbayjon o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolishga da’vo qilmoqda, Armaniston tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring