Eron armiyasi jangovar holatga keltirildi

Eron qo‘shinlari AQSh prezidenti Donald Trampning bombardimon qilish haqidagi bayonotidan keyin jangovar shay holatga keltirildi. Bu haqda «Reuters» ma’lum qildi.
Agentlikning ta’kidlashicha, AQSh Tehronning ittifoqchilari deb hisoblagan tomonlarga: HAMAS, Hizbulloh va Yaman husiylariga qarshi faol harakatlari tufayli Eronning qo‘rquvi kuchaymoqda.
Shuningdek, Eron tarafdori hisoblangan Suriyadagi Bashar Al-Assad hukumatining qulashi tufayli vaziyat yanada murakkablashgan.
Ma’lumot uchun, mart oyi oxirida AQSh prezidenti agar Tehron Vashington bilan hamkorlik qilishdan bosh tortsa, Amerika misli ko‘rilmagan bombardimonlar qilishini e’lon qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter