Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Eron va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Afg‘oniston chegarasida Eron va «Tolibon» harbiy kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Siyeston va Belujiston viloyatining Hilmand (Xirmand) tumani rahbari Meysam Barazandega tayanib IRNA xabar bermoqda.

«Xirmand shahri yaqinida Eron Islom Respublikasi chegara qo‘shinlari va «Tolibon» kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi», dedi u.

Tuman rahbari chegarachilar va «Tolibon» guruhi o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etayotganini ham ta’kidladi.

Ehtimoliy qurbonlar haqida Barazande aniq gap gapirmagan. 

To‘qnashuv sabablari hozircha noma’lum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring