Eron yadroviy kelishuvini saqlab qolish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi: ishtirokchilar safida AQSh yo‘q
AQSh Eron yadroviy dasturidan chiqib ketganidan so‘ng hamkor davlatlar bu dasturni asrab qolish bo‘yicha Amerikasiz yig‘ilish o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Germaniyaning «Welt am Sonntag» gazetasining ma’lum qilishicha, Germaniya, Fransiya, Angliya, Rossiya va Xitoy yadroviy dastur doirasida qanday ishlar olib borish bo‘yicha shu hafta Vena shahrida yig‘ilish o‘tkazadi.
Yevropa ittifoqi ham muzokarada ishtirok etishi mumkin. Yig‘ilishda 2015-yilda imzolangan bitimga o‘xshash, faqat Tehronning ballistik raketa dasturi va mintaqaviy rolini chegaralaydigan yangi bitim imzolanishi kutilayapti.
Rasmiy Tehronning yig‘ilishda ishtirok etish-etmasligi hozircha noma’lum. Lekin yangi bitim Eronga foyda keltirishi aytilayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter